Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya UQKning uranli o‘q-dorilar saqlanadigan joylarga zarba berdi

Ukrainaning uranli o‘q-dorilar va “Storm Shadow” qanotli raketalarini saqlash joylariga Rossiya yuqori aniqlikdagi qurollar yordamida zarba berdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainada uranli o‘q-dorilar va “Storm Shadow” qanotli raketalarini saqlash joylariga zarba berdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"Rossiya Qurolli kuchlari havodan uchiriladigan uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar hamda uchuvchisiz apparatlar yordamida Ukrainaning uranli o‘q-dorilar va “Storm Shadow” qanotli raketalarini saqlash joylariga, radiotexnik razvedka hamda diversion guruhlar tayyorlash markazlariga guruhli zarba berdi. <...> Zarba nishonga yetib bordi" - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Pentagon AQSh Ukrainaga 175 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi doirasida Ukrainaga kam boyitilgan uran snaradlarini yetkazib berishini ma’lum qilgan edi.
Tuzilgan uran tabiiy rudaga qaraganda kamroq radioaktivlikka ega, ammo boshqa og‘ir metallar singari u zaharli va salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.