TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Saudiya Arabistonida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida litsenzion xarakterga ega bo‘lgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi munosib qatnashdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Chempionat davomida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Barcha medallarni yigitlar qo‘lga kiritdi.
Bu orqali O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi, ochkolar klassifikatsiyasi bo‘yicha esa Armaniston, Xitoy, Eron, Kolumbiyadan so‘ng beshinchi pog‘onadan joy egalladi.
Shohsupaga ko‘tarilgan atletlar:
Oltin medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast ko‘tarish)
-109 kg: Akbar Jo‘rayev (dast ko‘tarish)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab ko‘tarish)
-109 kg: Akbar Jo‘rayev (ikki kurash).
Kumush medal:
-109 kg: Akbar Jo‘rayev (siltab ko‘tarish)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash).
Bronza medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash).
Endi O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonidan Xitoyga yo‘l oladi.