O‘zbekiston va Rossiya tez orada o‘zaro pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi bitim imzolashi mumkin

Aripov O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarini Rossiya mintaqalarida ochilishini tezlashtirish zarurligini qayd etdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekiston ikki mamlakat fuqarolarini o‘zaro pensiya bilan ta’minlash masalasi yuzasidan Rossiya qarorini kutmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.
“Biz mehnat migrantlari bilan bog‘liq masalalarda Rossiya Federatsiyasi qo‘llab-quvvatlashlarini yuqori baholaymiz. O‘zaro pensiya bilan ta’minlash bitimini tuzish yuzasidan Rossiya tomonining tez oradagi qarori uchun minnatdor bo‘lamiz”, - dedi Aripov O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
O‘zbekiston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, tashkillashlashtirilgan holda migrantlarni jalb etish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritish zarur.
Bundan tashqari, Aripov O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarini Rossiya mintaqalarida ochilishini tezlashtirish zarurligini qayd etdi.