Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Kiyev G‘arbning Ukraina uchun resurslari tugashidan xavotirda

Budanov Rossiyadan farqli o‘laroq, Ukraina g‘arblik hamkorlarning yordamiga to‘liq qaram ekanini tan olgan.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov uzoq muddatli jangovar harakatlar nafaqat Ukraina, balki Kiyev to‘liq qaram bo‘lgan G‘arb resurslarini ham tugatishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
“G‘arb bizni yetarlicha resurslar bilan qancha muddat ta’minlay olishi hozircha mutlaqo hal etilmagan”, - dedi u “The Economist” nashriga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, Budanovning ta’kidlashicha, hozircha G‘arb hamkorlarining Kiyevga yordam berishdan bosh tortish uchun asoslari yo‘q.
“G‘arb mamlakatlari omborlari unchalik bo‘sh emas. Kimdir nimadir deyishi muhim emas. Biz razvedka boshqarmasi sifatida buni juda aniq ko‘rishimiz mumkin”, - dedi u.
Shuningdek, Budanov Rossiyadan farqli o‘laroq, Ukraina g‘arblik hamkorlarning yordamiga to‘liq qaram ekanini tan olgan.
“Biz tashqi o‘yinchilarga qarammiz. Rossiya ko‘p narsalarda o‘ziga tobe”, - dedi Ukraina harbiy razvedkasi rahbari.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgandi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ma’lum qilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “olov bilan o‘ynayotganini” ta’kidlagan. Kremlning ta’kidlashicha, G‘arb tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishi Rossiya-Ukraina muzokaralariga yordam bermaydi, aksincha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘z nutqlaridan birida Rossiya harbiylari G‘arb texnikasini muvaffaqiyatli birin-ketin yakson qilayotganini ta’kidlagan edi. G‘arb texnikalari, jumladan, tanklari jang maydonida yonmoqda.
DXR rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Denis Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Kiyevga qarshi hujumdan oldin yetkazib berilgan G‘arb qurollarining uchdan bir qismini yo‘q qilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Variantlar izlanmoqda”: Britaniya G‘arb Ukraina ortida nima tayyorlayotganini oshkor qildi