O‘zbekiston va YeOII

G‘arb madaniyati YeOIIga harbiy hujumdan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi — ekspert

YeOII doirasida bolalarni chet eldan kirib kelayotgan turli zararli axborotdan himoya qilishga qaratilgan bir qator yangi qonunlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Chet davlatlardan olib kelinayotgan ayrim filmlar, multfilmlar, kompyuter o‘yinlari va turli o‘yinchoqlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari yoshlarga G‘arbning harbiy kampaniyasidan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazmoqda, deb hisoblaydi Yevroosiyo Yoshlar tashabbuslari instituti direktori Yuriy Samonkin.

“Menimcha, g‘arb madaniyati, g‘arb modasi ularning butun harbiy kampaniyasidan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi. Ular yadroviy kuchga ega bo‘lgan davlatlarga qarshi harbiy texnika yoki zambaraklardan foydalanmasdan turib, faqatgina ana shu “yumshoq kuch” yordamida o‘zlariga kerakli tarzda fikr yuritadigan “liberallar avlodi”ni yetishtirib olishi mumkin. Ertangi kunda bunday fuqarolar bizning o‘zimizga orqamizdan o‘q uzadi yoki davlatni parokanda qiladi. Bu juda jiddiy yondashuvni talab qiladigan ish va bu ishlarning barchasi hali oldinda”, - dedi Samonkin Sputnik Belarusga bergan intervyusida.

Yoshlar tashabbuslari instituti direktori fikriga ko‘ra, bugungi kunda kamdan kam telekanallar maxsus operatsiya haqida, u yerda qahramonlik ko‘rsatayotgan yoshlar haqida hikoya qilmoqda. Ularning aksariyati G‘arb filmlari i “ist’molchilik jamiyatini” maqtovchi filmlar namoyish etishda davom etmoqda.
“Masalan, yaqinda telekanallardan birida, mana bu haqida hikoya qilinayotganining guvohi bo‘ldim. Bir yosh bloger qiz millionlab dollar pul ishlab olib, Amerikaga jo‘nab ketgani u yerda o‘z jinsini o‘zgartirmoqchi ekani va yana Rossiyaga qaytib kelib blogerlik faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘layotgani haqidagi sujet... Menimcha bunday “namunalar” maxsus operatsiya va davom etayotgan axborot urushi vaqtida mutlaqo mumkin emas”, - deydi Samonkin.
Biz YeOII doirasida yoshlarni ana shunday nomaqbul axborotlardan himoya qilish choralarini ishlab chiqishimiz kerak. Axir yoshlar xuddi gubkadek (mochalka) har qanday axborotni o‘ziga so‘rib oladi.
Ha, biz bu sohada juda ko‘p foydali tashabbuslar joriy etdik, bu masalalar juda ko‘p muhokama qilinmoqda. Menimcha, YeOIIning kuzgi sessiyasida ushbu sohada bir qator yangi qonunlar qabul qilinadi, dedi ekspert.
Undan tashqari Yuriy Samonkinga ko‘ra, maktab o‘quvchilari kiyimlari, ularning rukzaklari, daftar va ruchkalarda bugun kamdan ham hollarda vatan ramzi aks etgan. Masalan, Rossiya bayrog‘i tushirilgan daftarni faqat Ulug‘ Vatan urushi muzeyida sotib olish mumkin. Qolgan barcha magazinlarda bunday tovar yo‘q, uning o‘rniga G‘arb davlatlari ramzlari aks etgan yoki turli Gollivud qahramonlari rasmi tushirilgan buyumlar bilan to‘lib toshgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish haqidagi qonun 2017-yilda qabul qilingan edi.
Ushbu qonunga ko‘ra qo‘yidagi toifa axborotlarni tarqatish mutlaq man etilgan:
bolalarni o‘z hayotiga xavf soluvchi harakatlarga undash, narkotik, alkogol va tamaki iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida ishtirok etish istagini paydo qiladigan;
odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud zo‘ravonlik xatti- harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;
oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga chaqiradigan;
uyatli so‘zlarni yoki pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan;
Shunnigdek, bolalarga mo‘ljallangan axborot 7, 12, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan yosh toifalari bo‘yicha tasniflanishi shart etib belgilangan.