TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur qaror 10−25 sentabr kunlari Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni)da bo‘lib o‘tgan YuNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasida ma’qullandi.
"Zarafshon-Qoraqum yo‘lagining Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi uning o‘ziga xos tarixiy-madaniy qadriyatining e’tirofidir", — dedi YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi hamda O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova.
Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva Uzbekistana
Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi uch davlatda joylashgan 31 ta obyektdan iborat. Ulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi O‘zbekiston hududida, qolgan 7 tasi esa Turkmaniston hududida joylashgan.
Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva Uzbekistana
Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti direktori Dmitriy Voyakin qabul qilingan qaror nafaqat O‘zbekiston va Markaziy Osiyo, balki butun dunyo tarixi uchun nihoyatda muhim ekanini ta’kidladi.
Turli davrlardagi barcha obyektlar tarixdagi eng muhim savdo yo‘llaridan biri - Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib, uzoq tarix va boy madaniy-tarixiy merosni namoyon etadi.
O‘zbekiston "Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi" nominatsiyasini taqdim etish bo‘yicha loyiha koordinatori sifatida ishtirok etdi.