TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Bugun, 18-sentabr kuni, Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 4-majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining matbuot kotibi xabar berdi.
Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 3-majlisi o‘tgan yilning 2-dekabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda 12 ta hamkorlik hujjati imzolangandi.