TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Ukraina harbiylari Rossiya minalariga dosh bera olmasligidan shikoyat qilmoqda, deb yozmoqda Germaniyaning Spiegel gazetasi Ukraina Qurolli kuchlari askarlariga tayanib.
“Bizda hali zamonaviy F-16 qiruvchilari yo‘q. Ular (g‘arb instruktorlari – tahr.) bizga minalangan joylardan aylanib o‘tish kerakligini aytadi. Qanday qilib aylanib o‘tish kerak? Bu yerda hamma narsa minalangan, agar biror narsani tozalasak, yangi minalar paydo bo‘ladi. Qanday qilib bu yerga bora olasiz?” - degan ukrainalik askarlardan biri.
Ukraina Qurolli kuchlari askarlarining so‘zlariga ko‘ra, minalar tufayli qarshi hujum "uch oylik do‘zax"ga aylangan, deyiladi materialda. Unda aytilishicha, Ukraina armiyasi nafaqat katta miqdordagi texnikani, balki shaxsiy tarkibini ham yo‘qotmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlarining ko‘plab askarlari dushman juda kuchli bo‘lishini o‘ylamasdan, qarshi hujum boshlanishidan oldin vaziyatni noto‘g‘ri baholaganliklarini tan oldi, deyiladi materialda.
“Ular minalarni ustalik bilan qo‘yishadi. Ularni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak”, - deya xulosa qilgan ukrainalik harbiy.
Ukraina Qurolli kuchlari to‘rt oydan beri Yujnodonesk, Artemovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO tomonidan tayyorlangan va G‘arb harbiy texnikasi bilan qurollangan jangovar brigadalarni tashlab, qarshi hujumni amalga oshirmoqda. Biroq, ular frontning biron bir uchastkasida muvaffaqiyatga erisha olmadi.