TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik sambochi Islom Nosirov Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida o‘tkazilayotgan sambo bo‘yicha Gran-pri musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi xabar berdi.
Kecha, 16-sentabr kuni jangovar sambo bellashuvlarida +98 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Islom Nosirov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U finalda mezbon Magomed Tuchalovdan ustun keldi.
Shuningdek, kechagi kun doirasida O‘zbekiston vakillari Dilshodbek Yo‘ldoshev va Sohibjon Hasanboyev bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.