Dog‘istondagi xalqaro xotira turnirida o‘zbekistonlik bokschilar 11 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik bokschilar 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston respublikasi Kaspiysk shahrida "M.Umaxanov xotirasiga bag‘ishlangan XXII an’anaviy turnir" o‘z yakuniga yetdi. Bellashuvlarda qatnashgan o‘zbekistonlik bokschilar 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, terma jamoa safida quyidagi o‘zbekistonlik bokschilar sovrindor bo‘ldi:
Oltin:
-60 kg: Madiyar Doniyorov.
Kumush:
-51 kg: Farozbek Do‘smatov;
-63,5 kg: Mirkomil Saytoxunov;
-67 kg: Lazizbek To‘lqinov;
-71 kg: Bekzod Hamidov;
-80 kg: Rahmatillo Boymatov.
Bronza:
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev;
-67 kg: Murodbek Bahriddinov;
-80 kg: Nurislom Ismoilov;
-92 kg: Diyorbek O‘ralov;
+92 kg: Abdurahim Jo‘rayev.