Teatrlarda yangi mavsum boshlandi: repertuarlardan qanday spektakllar joy olgan?

Respublikadagi qator teatrlar yangi mavsum faoliyatini boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi qator teatrlarda yangi mavsum boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, respublikada 38 ta davlat teatri faoliyat olib bormoqda. Ular ayrimlari yoz oyida dam oladi va kuz fasli kelishi bilan o‘zlarini yangi mavsum faoliyatini boshlaydilar.
O‘zbekistondagi qator teatrlarda yangi mavsum boshlandi.
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri — 95-yillik yubiley bilan o‘z ishini davom ettirmoqda. Teatr sahnasida o‘zbek xalq ertagi asosida sahnalashtirilgan “Zumrad va Qimmat” spektakli premyera qilindi. Hozirda repertuarda “Zolushka”, “Etik kiygan mushuk”, “Oltin tarvuz”, “Olovuddinning sehrli chirog‘i” kabi spektakllar repertuardan o‘rin olgan.
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri — 49 ijodiy mavsum bilan o‘z ishini davom ettirmoqda. Spektakllar anonsi hamda teatr estrada simfonik orkestrining “Open air” formatidagi konsert dasturi namoyish etildi. Repertuarda “Halala”, “Tushov uzgan tulporlar”, bolalar uchun “Kim a’lochi?”, “Qaysar quyon” kabi spektakllar namoyish etilmoqda.
Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri teatr — 40 mavsum ochilishida bolalar uchun “Qo‘g‘irchoqlar raqsi” tuhfa etildi. Muallif Mohisadaf Ubaydullayevaning “Saboq” pesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl premyera qilindi.
O‘zbekistondagi qator teatrlarda yangi mavsum boshlandi.
Farg‘ona viloyati rus drama teatri — Unda taniqli rus yozuvchisi Anton Chexov haqidagi “Chexov hazillari” (“Shutki Chexova”) namoyish etildi.
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri — 85-yillik yubiley bilan o‘z ishini davom ettirmoqda. Repertuarda “Halima”, “Usmon Nosir”, “Qaynona” kabi spektakllar mavjud.
O‘zbekistondagi qator teatrlarda yangi mavsum boshlandi.
O‘zbekiston davlat drama teatri — 55 mavsum yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning ulug‘ adib Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Yolg‘iz” qissasi asosida sahnalashtirilgan “Jinlar bazmi” spektakli namoyishi bilan ochildi.
O‘zbekistondagi qator teatrlarda yangi mavsum boshlandi.
Xorazm viloyati musiqali drama teatri — 102 mavsum ochilishi rejissor Otabek Yoqubov tomonidan sahnalashtirilgan Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani asosida Sulton Rayevning “Ovsar” inssenirovkasi asosida sahnalashtirilgan “Manqurt” spektakli premyerasi bilan boshlandi.
O‘zbekistondagi qator teatrlarda yangi mavsum boshlandi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri — 103 mavsum ochilishida Samariddin Sirojiddinov qalamiga mansub, rejissor Farhod Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Davr o‘g‘loni” spektakli namoyish etildi.
O‘zbekistondagi qator teatrlarda yangi mavsum boshlandi.
O‘zbek Milliy Akademik drama teatri — 109 mavsum O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning “Adolat fasli” (“Amir Temur”) asari bilan ochildi. Spektaklda markaziy qahramon Amir Temurni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sagdiyev gavdalantirdi. Hozirda teatr repertuarida “Chiroylisan muhabbat”, “O‘zgalar dardi, “Usmon Nosir”, “Arshin mal-alan” kabi spektakllar o‘rin olgan.
Namangan viloyati musiqali drama teatri — 92 mavsum boshlandi. Mavsumda rus yozuvchisi va dramaturgi Anton Pavlov Chexovning "Ayiq" asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan teatrlar soni 50 tani tashkil etgan. Teatrlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bittaga oshgan.