O‘zbekistonda valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan yangi cheklovlar bekor qilindi

Markaziy bank boshqaruv raisi: jamoatchilik tomonidan tanqid qilingan, qabul qilinmagan har qanday qaror bekor qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan yangi cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi, deb yozmoqda O‘zA.
Markaziy bankda valyuta operatsiyalar ustidan monitoringni takomillashtirish borasidagi Markaziy bank qarori yuzasidan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratov ishtirok etadi va yuqoridagi qaror yuzasidan tushuntirish berdi.

"O‘zbekistonda valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan yangi cheklovlar bekor qilindi",- deydi Mamarizo Nurmuratov.

Qayd etilishicha, jamoatchilik tomonidan tanqid qilingan, qabul qilinmagan har qanday qaror bekor qilinadi. Shunga ko‘ra, Markaziy bank bank nazorati qo‘mitasining valyuta nazoratiga oid kechagi qarori bekor qilindi.
Markaziy bank yuridik shaxslarning valyuta sotib olishiga doir cheklovlar bekor qilingani to‘g‘risida tijorat banklariga ko‘rsatma xati yuborgan.
"Banklarga shu mazmunda xat yuborilgan. To‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin, bozordan qo‘ymasin. Ortga qaytgulik qilmasin. Markaziy bank yuridik shaxslarning valyuta sotib olishiga doir cheklovlar bekor qilingani to‘g‘risida tijorat banklariga ko‘rsatma xati yuborgan. O‘zbekistonda valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan yangi cheklovlar bekor qilindi",- deya qo‘shimcha qildi u.
Valyuta operatsiyalari — valyuta qimmatliklariga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, valyuta qimmatliklaridan to‘lov vositasi sifatida foydalanish, valyuta qimmatliklarini O‘zbekistonga olib kirish, jo‘natish va o‘tkazish, shuningdek O‘zbekistondan olib chiqish, jo‘natish va o‘tkazish, rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida O‘zbekiston valyutasidagi operatsiyalar.
Valyuta operatsiyalari ichki va xalqaro (transchegaraviy) operatsiyalarga bo‘linadi. Ichki valyuta operatsiyalari O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan operatsiyalardir. Xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalarga va kapital harakati (kapital o‘tkazmalari) operatsiyalariga bo‘linadi.
Ma’lumot uchun, kripto-birja ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga ularning xorijdagi hisobvaraqlaridan o‘tkazilgant mablag‘lar hamda kripto-birjada kripto-aktivlarni sotishdan tushgan mablag‘lar kiritilishi mumkin.
Ushbu mablag‘lar kripto-aktivlarni sotib olish uchun kripto-birjaga hamda mazkur norezident yuridik shaxslarning xorijdagi (mablag‘lar kelib tushgan davlatdagi) o‘z hisobvaraqlariga o‘tkazilishi mumkin. Kripto-birja ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslarning hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Tijorat banklari, mazkur hisobvaraqlar orqali o‘tkaziladigan operatsiyalarni amalga oshirishda mavjud risklarni baholagan holda, ushbu operatsiyalar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari doirasida bo‘lishini ta’minlaydi.