O‘zbekistonda turistik agentliklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi oshdi

Turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi tarkibida Toshkent shahrining ulushi 64,8 %ni tashkil etdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda turistik agentliklar tomonidan 377 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi 377 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,8 % ga oshgan.
Kuzda O‘zbekistonga yo‘llanmalar qanchaga tushadi — turoperatorlar javobi
Turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi tarkibida Toshkent shahrining ulushi 64,8 %ni tashkil etdi.
Bu qiziq
O‘zbekistonda kuzda borish mumkin bo‘lgan eng chiroyli joylar — foto