AQSh yolg‘on axborot tufayli Rossiya-Ukraina voqealari qanday ketayotganidan bexabar — tahlilchi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq tahlilchisi Makgovern: AQSh Ukrainaga tobora xavfli qurollarni uzatmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Oq uy Ukrainaga tobora xavfli qurollarni uzatmoqda. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Rey Makgovern ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Prezident (AQSh - tahrir) biz Ukrainaga ko‘proq o‘q-dorilarni berishimiz kerakligini aytdi. Ammo bizda 155 mm artilleriya snaradlari tugadi. Keyin hukumat ularga kassetali o‘q-dorilar berishimiz mumkinligini aytdi. Hozir nima bo‘lyapti? Biz ularga (Ukraina - tahrir) uranli snaradlarni beramiz. Keyingi qadam qanday? Biz ularga yadro qurollarini beramizmi? - dedi u.
Makgovern har qanday holatda ham Amerika xalqi hamma narsaga rozi bo‘lishidan noroziligini bildirdi, chunki odamlar G‘arb ommaviy axborot vositalarining doimiy yolg‘onlari tufayli Rossiya-Ukraina jabhasida voqealar qanday ketayotganidan bexabar.
"Amerikaliklar hamma narsaga rozi bo‘lishadi, chunki ular kam biladilar. <…> Ular bizga ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etishadi", - deya xulosa qildi ekspert.