Dollar ko‘tarildi — 18-sentabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar so‘mga nisbatan 20,97 so‘mga qimmatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 20,97 so‘mga qimmatlashdi va 12 174,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 55,43 so‘mga tushdi, 12,982,13 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,34 so‘mga arzonlashdi, 126,13 so‘mni tashkil qildi.