Ukraina harbiylari Novaya Kaxovkani o‘qqa tutdi – qurbon bor

Ukraina armiyasi zarbasi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Xerson viloyati Novaya Kaxovka shahridagi turar joy binosini o‘qqa tutdi. Bu haqda shahar ma’muriyati ma’lum qildi.
Zarba Moskva vaqti bilan soat 9:50 da berilgan. O‘qqa tutish natijasida to‘rtta ko‘p kvartirali uy shikastlangan.
RIA Novostining xabar berishicha, Ukraina armiyasi zarbasi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 12 kishi esa jarohat olgan.