TOShKENT, 15 sen — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024-yilgi saylovlarni eng muhim deb hisoblaydi. Uning fikricha, agar u saylovda g‘olib bo‘lmasa, mamlakat tanazzulga uchraydi.
“Agar men saylovda g‘alaba qozona olmasam, mamlakatimiz tamom bo‘ladi deb o‘ylayman. Menimcha, bu har qachongidan ham eng muhim saylovdir”, – dedi Tramp jurnalist Megin Kellining ko‘rsatuvida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden prezidentligi davrida AQSh “jahannam sari ketmoqda".
Tramp o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar haqida gapirar ekan, o‘ziga bo‘lgan ishonchi mustahkam ekanligini aytdi. “Men bunga umuman ahamiyat bermayman, chunki men vatan uchun, xalq uchun kurashmoqdaman”, – dedi u.
Sobiq prezidentga to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha 90 dan ortiq ayblov qo‘yilmoqda, jumladan, avvalgi saylovlar natijalarini o‘zining foydasiga bo‘lishiga urinish. 2024-yilda yana prezidentlikka da’vogarlik qilayotgan Tramp o‘zining aybsizligini ta’kidlab kelmoqda. Ayblovlarni uning saylovga ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslikka bo‘lgan urinish deb baholaydi.