Toshkentda haykaltaroshlar simpoziumi

Dunyoning mohir ustalari Toshkentda noyob haykallar yaratmoqdalar. Sputnik muxbiri u yerda bo‘lib, haykaltaroshlar ishlari bilan tanishdi.
Sputnik
Jahonga mashhur 20 nafardan ziyod haykaltarosh Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan II xalqaro haykaltaroshlik simpoziumida qatnashmoqda.
Bu galgi simpoziumda Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Argentina, Hindiston, Turkiya, Eron, Rossiya, Gruziya va Belarus kabi davlatlardan 10 nafar xorijiy va 11 nafar o‘zbekistonlik haykaltaroshlar qatnashmoqda.
Haykaltaroshlar oq marmardan shakllar yasashmoqda. Ular uchun poytaxtning Yangihayot tumanidagi sanoat zonasida maxsus maydoncha ajratilgan.