TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Toshkent viloyatida 115 ming tonnaga yaqin uzum hosilini yig‘ib olish rejalashtirilgan. Bu haqda "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali"da ishtirok etayotgan Sputnik muxbiri xabar berdi.
Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" bo‘lib o‘tmoqda. Unda respublikaning 12 ta viloyatidan fermer xo‘jaliklari, ekoturizm yo‘nalishidagi tadbirkorlar va turli xil tabiiy ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etmoqda.
Toshkent viloyatida 115 ming tonnaga yaqin uzum hosilini yig‘ib olish rejalashtirilgan.
© Anna Jelixovskaya
Aytilishicha, joriy mavsumda Toshkent viloyatida 115 ming tonnaga yaqin uzum hosilini yig‘ib olishni mo‘ljallamoqda.
Shuningdek, 2024-2025 yillarda 20 ming gektar maydonda uzum plantatsiyalari tashkil etiladi.
“Kelgusi yillarda viloyatning 8 ta tumani – Bekobod, Parkent, Yangiyo‘l, Zangiota, Oxangaron, Toshkent, Qibray va O‘rtachirchiqda ham yangi plantatsiyalar barpo etiladi”, - deyiladi hokimlik xabarida.
Natijada Toshkent viloyatida uzum plantatsiyalarining umumiy maydoni 38 ming gektarga yetkaziladi. Bu hosildorlikni uch baravar oshirib, 500 ming tonnani tashkil etadi. Shundan 270 ming tonnasi eksport qilinadi.
Toshkent viloyati hokimligiga ko‘ra, 2022-yilda 103 ming tonna hosil yig‘ilgan.
Bugungi kunda Toshkent viloyatining barcha qishloq xo‘jaligi fermer xo‘jaliklarida uzum plantatsiyalari uchun 18,9 ming gektar yer maydoni ajratilgan. Shundan fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari 15,3 ming gektar va 3,7 ming gektar tomorqalarga ega.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining eko va agroturizm salohiyatini namoyon etish maqsadida 15-16-sentabr kunlari “Uzum sayli” xalqaro festivali o‘tkazilmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi - sayyohlar oqimini oshirish, uzumchilik va vinochilik yo‘nalishida tajriba almashish, eko turizm mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish hamda xorijiy sarmoyalarni respublikaga jalb qilishga qaratilgan.
Avvalroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi yil yakunigacha 28 ming gektar uzumzor va 8 ming gektar mevali bog‘lar barpo etish rejalashtirilgani haqida ma’lum qilgandi. Respublika bo‘yicha 182,1 ming gektar (107 ming hosilli) tokzorlar mavjud. Shu yilning o‘zida 2 million tonna uzum yetishtirish rejalashtirilgan.