Putin Ukrainani “o‘zgalar nog‘orasiga o‘ynamaslikka” chaqirdi

Rossiya rahbarid AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Moskva va Kiyev muzokaralari oid bayonotiga munosabat bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga “o‘zgalar nog‘orasiga o‘ynamaslikni” maslahat berdi. Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda jurnalistlar savollariga javob berayotib, shunday maslahat berdi.
Rossiya rahbaridan AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Moskva va Kiyev muzokaralariga oid “tango uchun ikki kishi lozim” deb aytgan bayonotiga munosabat bildirishni so‘rashdi.

“Tango – bu, albatta, yaxshi. Biroq men o‘ylaymanki, Ukraina uchun gopakni (ukrain xalq raqsi va uning kuyi – tahr.) unutmaslik muhim. Bo‘lmasa, hamisha o‘zgalar musiqasi va nog‘orasiga o‘ynaydi”, - dedi Putin.

Rossiya rahbari Moskva Kiyev bilan muloqot uchun ochiq ekanini qo‘shimcha qildi.
“Men bu borada aytgandim: biz hech qachon muzokaralardan voz kechmaganmiz. Shu bois, marhamat, agar boshqa tomon istasa, buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytsin”, - dedi Putin.