Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha oltin kuz uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Dam olish kunlari respublika hududlarida quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Bugun va dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha oltin kuz uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi, faqat cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib turadi, harorat +13-18 daraja atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari esa havo +25-30 darajagacha isiydi.
Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 16-17 sentabr kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumikin.
Toshkentda 15-17 sentabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +15-17, kunduz kunlari +27-29 daraja bo‘ladi.