TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Yaxshi jihozlangan va tayyorgarlikdan o‘tgan Rossiya harbiylari yaqinda Ukrainaning charchagan armiyasini butunlay mag‘lub etadi, deydi sobiq amerikalik razvedka xodimi Skott Ritter “Danny Haiphong” YouTube kanaliga bergan intervyusida.
“Ularning (Ukraina Qurolli kuchlari – tahr.) bor kuchlari tugadi. Ularda askarlar, tanklar, piyoda jangovar mashinalar qolmadi, hech narsa qolmadi. Ular hozirgina Ukraina bosh shtabi zaxirada saqlagan so‘nggi uchta strategik brigadani jangga tashladilar. Bu uch brigada hozir qayerdaligini bilasizmi? Ularni joyida yo‘q qilishapti, hatto hech qayerga siljishmagan”, — dedi u.
Ritterning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi shaxsiy tarkib va texnika bo‘yicha sezilarli ustunlikka ega, shuning uchun Ukraina Qurolli kuchlarida shunchaki omon qolish imkoniyati yo‘q.
“Agar Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi hozir muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, unda ular uchun hammasi tugaydi. Ular qurshab olinadi va yo‘q qilinadi”, - deya xulosa qildi razvedkachi.
Uning fikricha, hozirda Ukraina uchun eng yaxshi yechim so‘zsiz taslim bo‘lish va Rossiyaning barcha shartlarini qabul qilishdir.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari qarshi hujum boshlanganidan beri 71 ming kishidan oshganini ma’lum qilgandi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari yo‘nalishlarning birortasida ham o‘z maqsadlariga erisha olmagan.