TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Xitoy korxonasi Andijonda quvvati 400 MVt teng fotoelektrostansiyasini qurishni boshladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Xitoyning "Poverchina interneyshnl group" korxonasi tomonidan Andijonda quvvati 400 MVt teng fotoelektrostansiyasini qurish boshlandi.
Mazkur stansiyani ishga tushirish orqali 700 million kVt soat eletr energiyasi ishlab chiqariladi.
Xitoy kompaniyasi Yangi Andijonda fotoelektrstansiya quradi.
© Xokimiyat Andijanskoy oblasti
Shu bilan birga, 212 million kubmetr tabiiy gaz tejash hamda 294 ming tonna zararli issiqxona gazlarining chiqishi oldin olinadi.
“Bu elektrostansiya Andijon viloyatidagi umumiy sarfning uchdan bir qismini qoplaydi”, - deyiladi xabarda.
Stansiya yangi Andijon massivida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
"2024 yilning 1-apreligacha 100 megavatt quvvatda, 2024-yil 30-noyabrgacha esa to‘liq quvvatda ishga tushadi", - deyilgan xabarda.
Stansiya O‘zbekiston Energetika vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi o‘rtasidagi uch tomonlama "Anglashuv memorandumi" asosida qurilmoqda.