TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Ukrainalik harbiylar Germaniyaning “Leopard” tanklari dronlarga qarshi samarasiz ekanidan shikoyat qilishdi. Bu haqda Ispaniyaning “Mundo” gazetasi yozmoqda.
“Hatto “Leopard” tanklari uchuvchisiz uchar qurilmalar tug‘diradigan tahdid qarshisida samarasiz ekanini ko‘rsatdi. Biz moslashimiz kerak”, - deya ma’lum qilgan nashrga o‘zini Nazar deb tanishtirgan ukrainalik harbiy.
Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Ukrainaning iyun-iyul oylaridagi qarshi hujumi davomida Germaniyaning 25 ta "Leopard" tanki yo‘q qilingan.