Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi - “Go‘ri Amir”ning shahardan ko‘rinishi. Maqbara ikki qavatli bo‘lib uning pastki qavatida sag‘ana ustida esa ziyoratxona qurilgan.
Samarqand markazida esdalik sovg‘alari va shirinliklar sotayotgan ayollar.
Samarqanddagi Shohizinda majmuasi. “Shohizinda”—"tirik shoh" ma’nosini beradi. Ansamblda Temur va temuriylar qurdirgan maqbaralarning soni 20 dan oshadi.
Samarqand shahridagi "Tilla Qori" madrasasi yonida joylashgan esdalik sovg‘alari do‘koni.
Samarqand shahri Registon maydonidagi "Sherdor" madrasasi.
"Siyob" bozori - Samarqanddagi eng katta va eng qadimgi bozor.
Samarqanddagi eng katta va eng qadimgi bozor "Siyob" bozorida non sotuvchi.
"Mirzo Ulug‘bek" rasadxonasi. 1424-1428 yillarda Samarqand atrofidagi Ko‘hak tepaligida Ulug‘bek tomonidan qurilgan o‘rta asrlardagi eng muhim rasadxonalardan biridir.
Samarqanddagi "Tillaqori" madrasasi. Madrasaning masjidi ichiga boshqa bir katta obida qurishga yetadigan miqdorda oltin sarflangan. Shuning uchun ham madrasa “Tillaqori", ya’ni “tilladan ishlov berilgan”, deb ataladi.