TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik hakamlar Qatarda o‘tadigan Osiyo kubogida bosh hakam sifatida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2024-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida faoliyat olib boruvchi hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra o‘zbekistonlik Ahrol Risqullayev va Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida taklif etilgan.
“Ikki nafar yordamchi hakamlar – Timur Gaynulin va Andrey Sapenko, shuningdek, texnik ekspert Farhod Abdullayev ham Osiyo kubogida faoliyat yuritadi”, - deyiladi xabarda.
Osiyo miqyosidagi eng nufuzli turnir 2024-yilning 14-yanvaridan 10-fevraliga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tami, o‘zbekistonlik hakamlar Krishtianu Ronaldu jamoasi ishtirokidagi OChL bahsini boshqaradi. Uchrashuvlar 19-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.