Moskva Sputnik Moldova rahbari chiqarib yuborilgani tufayli Kishinyovga norozilik bildirdi

Rossiya tomoni bu qadamni rasmiy Kishinyov tomonidan ochilgan Rossiyaga qarshi kampaniyaning bir qismi sifatida baholagan.
Sputnik
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Moldovaning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili Serjiu Goncherenkoga Sputnik Moldova rahbari Vitaliy Denisov chiqarib yuborilgani tufayli keskin norozilik bildirildi. Bu haqda Rossiya TIV ma’lum qildi.
“Rossiya tomoni ushbu qadamni rasmiy Kishinyov tomonidan ochilgan Rossiyaga qarshi kampaniyaning bir qismi sifatida baholashi ma’lum qilindi. Moldova tomonidan rusiyzabon media resurslarini siyosiylashtirilgan ta’qibni bas qilishni, so‘z erkinligi va OAVda xalqaro majburiyatlarga rioya qilish va jurnalistlar huquqlarini ta’minlanishni talab qildik”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik Moldova hukumati xatti-harakatlarini asossiz va provokatsion deb atagan. Kishinyovning bunday nodo‘stona harakati munosib javobsiz qolmaydi.
Kecha Denisov uning uyiga Moldova migratsiya xizmati xodimlari kelib, u bilan borishlarini so‘raganini ma’lum qildi. Mashinada jurnalistga mamlakatni tark etishi lozimligi yozilgan qarorni berishgan. Hujjatda go‘yoki u Moldova milliy xavfsizligiga tahdid solishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, Denisovga Moldovaga 10-yil ichida kirish taqiqlangan.
Moldova hukumati unga qaror ustidan shikoyat keltirish imkonini bermagan. Denisovning so‘zlariga ko‘ra, “hatto pul, buyum, hujjatlarni” olishga vaqt bo‘lmagan. Uning Moldovadan chiqarib yuborilishi Sputnik Moldova faoliyatiga ta’sir qilmasligiga ishonchi komil.
“Hamma o‘z ishini avvalgidek mohirona bajaradi”, - dedi jurnalist.
“Rossiya segodnya” mediaguruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov bu vaziyat munosabat bildirib, Moldova hukumatining buzg‘unchi siyosati davlatlararo munosabatlarning barcha chegaralaridan chiqib ketganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid:

Sputnik Moldova rahbari Vitaliy Denisov mamlakatdan deport qilindi
Zaxarova Sputnik Moldova rahbarining deportatsiyasini “axborot maydonini tozalash” deb atadi
Rossiya TIV Sputnik Moldova rahbari chiqarib yuborilishiga javoban chora ko‘rishga va’da berdi
Kishinyovdan deport qilingan Sputnik Moldova rahbari tafsilotlarni ma’lum qildi