TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo bo‘yicha xalqaro media platforma yaratishni taklif qildi.
O‘zbekiston yetakchisi Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida so‘zga chiqdi.
“Markaziy Osiyoning tarixi va madaniyati. Yagona o‘tmish va umumiy kelajak” deb nomlanadi. Unda butun mintaqa uchun kontent yaratiladi. Bunga olimlar va keng jamoatchilik vakillari taklif qilinadi. Bu o‘zaro tushunish va mintaqaviy o‘ziga xoslikni mustahkamlashga xizmat qiladi", - dedi prezident.
Mirziyoyev Dushanbedagi sammitda qator muhim va dolzarb taklif va tashabbuslarni bildiradi. Prezident mintaqada savdo-iqtisodiy, transport, “yashil iqtisodiyot”, energetika, suv va ekologiya sohalaridagi hamkorlik masalalariga to‘xtatib o‘tadi.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbari iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini bayon etadi.