TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Bugun, 14-sentabr kuni Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti o‘chiriladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning tumanlarida gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan Yashnobod, Yakkasaroy, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Uchtepa va Olmazor tumanlarining ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi.
Yashnobod tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
Farg‘ona yo‘li ko‘chasida;
Ulgurji iste’molchilar 8 ta.
Yakkasaroy tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
Bobur ko‘chasida;
"Rakatboshi" mahallasining Bo‘rijar ko‘chasida;
Ulgurji iste’molchilar – 22 ta.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
"Temuriylar" mahallasining Bunyodkor, Vatan ko‘chalarida;
Ulgurji iste’molchilar 2 ta.
Chilonzor tumanida 10:00 dan 18:00 gacha :
"Chopon ota" mahallasida;
Ulgurji iste’molchilar – 10 ta.
Uchtepa tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
"Guzar" mahallasida;
"Ko‘hna Chopon ota" mahallasida;
"Bog‘iston" mahallasida;
Ulgurji iste’molchilar 23 ta.
Olmazor tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
X.Ko‘xakiy mahallasida;
Ulgurji iste’molchilar – 2 ta.