TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Kishinyovning Sputnik Moldova rahbari Vitaliy Denisovni mamlakatdan deportatsiya qilish qarori rasmiylar tomonidan ichki axborot maydonini tozalashdir, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda.
“Bu o‘z ichki axborot maydonini tozalashdir”, - dedi Zaxarova Kishinyovning Sputnik Moldova rahbari tomon harakatini sharhlar ekan.
U Rossiya kanallarining yopilganini, ko‘plab hibsga olishlarni hamda siyosatshunoslar va sharhlovchilarning chetlatilganini esladi.
“Bu yagona aksiya emas, balki amaldagi Moldova rasmiylarining demokratiya tushunchasiga noto‘g‘ri munosabati zanjirining yana bir halqasi. Ular bu nima ekanligini, so‘z erkinligi va jurnalistlar huquqlari nima ekanligini tushunmaydilar”, - dedi Zaxarova.
Avvalroq Sputnik Moldova rahbari Vitaliy Denisov u Moldovadan deportatsiya qilinayotgani va unga mamlakatga 10-yilga kirish taqiqlangani haqida ma’lum qilgandi.