Putin bilan muloqotdan bosh tortish Ukrainaning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi – Sarkozi

Fransiyaning sobiq prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilish mumkin deb hisoblaydi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Ukrainadagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishdan bosh tortish bu mamlakatning yo‘q bo‘lishi ketishi va jahon urushiga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi.

“Mojaroni hal qilish uchun ikkita yo‘l bor: yoki mojaroda ishtirok etayotgan tomonlardan birini yo‘q bo‘lishi, men gap bu yerda dunyoning ikkinchi yadroviy davlati haqida bormayotganini aytib ogohlantirib qo‘yaman. Yoki sayyora umumiy urush sari borishi mumkin”, - dedi u BFMTV telekanaliga bergan intervyusida.

Sarkozi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilish mumkin deb hisoblaydi.
“Menga Putin o‘zgargan va u bilan gaplasha olmayapmiz deyishapti. Bu gapni aytayotganlar, hech qachon Putin bilan uchrashishmagan. Men, ehtimol, u bilan 80-martadan ziyod suhbat qilganman”, - dedi siyosatchi.
Shu bilan birga, u bu suhbatlar ba’zan “o‘ta mushkul” bo‘lganini tan olgan.
Qrimni Ukrainaga qaytarish g‘oyasi xomxayoldir – Sarkozi