Sputnik Moldova rahbari Vitaliy Denisov mamlakatdan deport qilindi

Vitaliy Denisovga 10-yil Moldovaga kirish taqiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Sputnik Moldova rahbari Vitaliy Denisov Moldovadan deport qilindi. Bu haqda "Sputnik Blijnee zarubejye” xabar berdi.

Aytilishicha, migratsiya xizmati xodimlari Denisovni mashinaga o‘tkazib, birinchi reysda deport qilish to‘g‘risidagi qaror bilan aeroportga olib borgan. Ular jurnalistga shaxsiy buyumlari va uy hayvonlarini olishga ham imkon bermagan.

Denisovga 10-yil Moldovaga kirish taqiqlandi. Rossiya elchisi Oleg Vasnetsov holatdan xabardor qilingan.
“Rossiya segodnya” mediaguruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov jurnalist deport qilinganiga munosabat bildirib, holatni g‘azablantiruvchi deb baholadi.

“Moldova hukumatining buzg‘unchi siyosati davlatlararo munosabatlarning barcha adekvat chegaralarini kesib o‘tadi”, - dedi Kiselov.

Keyinchalik Sputnik Moldova rahbari Moldovadan deport qilinish sababini aytdi - u go‘yo milliy xavfsizlikka tahdid solmoqda.
“....Mashinada ketayotib, menga Moldova Respublikasi milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxs sifatida mamlakatni tark etishim kerakligi, mamlakatga kirishim 10-yilga taqiqlanganligi haqidagi qarorning nusxasini berishdi”, - dedi Denisov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda Kishinyov aeroportida, u yerda unga Moskvagacha chipta sotib olinmoqda.