Rossiya Mudofaa sanoatining yangi bosqichi: 152-mm.li gaubitsa nega suza olishi kerak?

Chuqurligi atigi 1,5 metr bo‘lgan daryo ham og‘ir harbiy texnika uchun jiddiy to‘siq bo‘ladi. Ko‘priklar va pontonlar hujumning eng zaif nuqtasi hisoblanadi. Shu sababli ham suzuvchi artilleriya yaqin kelajakda dolzarb qurolga aylanadi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. “Pat-S” o‘ziyurar suzuvchi gaubitsa loyihasida klassik artilleriya qurolining otish kuchi, zirhli himoyasi, harakatchanligi va amfibiyaligi (suvda ham, quruqlikda ham harakatlana olishi) — mos kelmaydigan qurollarni birlashtirish bo‘yicha tajriba emas, balki zamon va Rossiya Mudofaa vazirligining talabidir.
Ukraina harbiy harakatlar teatrida artilleriyadan foydalanish tajribasini hisobga olgan holda Rossiya Mudofaa vazirligi suzishga qodir katta kalibrli o‘ziyurar artilleriya qurolini (O‘AQ) yetkazib berish qarori qabul qildi.
“Kurganmashzavod” BMP-3 shassisida tajribaviy (Sovet) 2S18 “Pat-S” o‘ziyurar quroli asosida yangi 152-mm.li o‘ziyurar gaubitsa yaratmoqda. Buyurtmachi yangi o‘ziyurar qurolning eng yuqori jangovar xususiyatlarini — uzoq masofadan hujum qila olish, yopiq pozitsiyalardan aniq nishonga ura olish, harakatchanlik va suza olish xususiyatlarini talab qilmoqda.
Tajribaviy 152-mm o‘ziyurar qurol “Pat-S” dunyodagi birinchi yirik kalibrli gaubitsa bo‘ldi, u suzish jarayonida suv to‘siqlarini mustaqil yengib o‘tishga qodir, ammo Yevropada oddiy qurollarning qisqartirilishi tufayli ishlab chiqarilmagan. Vaziyat shunday bo‘lib qolgan.
Shunday bo‘lsa ham, Rossiya artilleriyachilari soatiga 4,5 km tezlikda suv to‘siqlarini mustaqil ravishda yengib o‘tishga qodir bo‘lgan 122-mm o‘rta kalibrli “Gvozdika” o‘ziyurar gaubitsasi bilan qurollangan. MT-LB shassisidagi “Gvozdika” o‘ziyurar quroli 15 kmgacha bo‘lgan masofada dushman shaxsiy tarkibi, qurollari va harbiy texnikasini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Faol reaktiv snaradlarni otish masofasi – 22 km gacha. Hujum tezligi – bir daqiqada 5 tagacha.
Zamonaviy qo‘shma qurolli janglar sharoitlari suzuvchi o‘ziyurar quroldan ko‘proq yopiq pozitsiyalarda kuchli (uzoq masofaga) hujum qilish, o‘ta harakatchanlik va suvda kamida 10 km / soat tezlikka ega bo‘lishini talab qiladi.
Murakkab texnologik muammolarni hal qilish uchun “Kurganmashzavod” zarur va muhim ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatiga ega. 2023-2024 yillarda korxona quvvatlarini qayta jihozlash uchun bir necha milliard rubl ajratilgan. Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davrida “Kurganmashzavod” BMP-3 va “Berejok” jangovar moduli bilan modernizatsiya qilingan BMP-2M ni ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirdi. Bahorda bu yerda 5 km gacha masofali 2S25M “Sprut-SDM1” o‘ziyurar (suzuvchi) tankga qarshi qurol ishlab chiqarila boshlandi. Bularning barchasi katta kalibrli va quvvatli yangi suzuvchi o‘ziyurar qurol loyihasining tezlashtirilgan tarzda amalga oshirilishini taxmin qilish imkonini beradi.

Xorijiy muqobillari

Rossiya mudofaa sanoati mos kelmaydigan narsalarni nafaqat artilleriyada muvaffaqiyatli birlashtirmoqda. G‘arb qurolsozlarini “Gvozdika” o‘ziyurar amfibiya artilleriya qurolining yuqori xususiyatlari xavotirga solmoqda.
XX asrning birinchi yarmida amerikaliklar Tinch okeanidagi orollarida desant operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 105-mm suzuvchi o‘ziyurar qurollarni yoki yengil tanklarni yaratishga muvaffaqiyatsiz urinishdi. Bu masala patentlardan uzoqqa bormadi, u paytda hatto 76-mm T50 (M18) tankka qarshi qurolni ham yuborish iloji bo‘lmadi.
Britaniya davlat konstruktorlik burosi "Fighting Vehicle Research and Development Establishment" (FVRDE) 1960-yillarda muvaffaqiyatliroq bo‘lib, u yerda 105-mm kalibrli “Ebbot” FV433 o‘ziyurar amfibiya qurolini yaratdi. Suv to‘siqlarini yengib o‘tish uchun avval o‘ziyurar qurol korpusining perimetri bo‘ylab rezina mato ekranni ko‘tarish va mahkamlash kerak edi. Juda nomuvofiq (ishonchsiz) tuzilma darolar va ko‘llarni tezda kesib o‘tishga to‘sqinlik qildi. Britaniyaning so‘nggi “Ebbot” o‘ziyurar qurollari 1990-yillarning o‘rtalarida foydalanishdan chiqarilgan. 1993-yilda uning o‘rnini egallagan 155-mm o‘ziyurar qurol AS-90 suzish qobiliyatiga ega emas edi. 2022-yil boshiga kelib, bu qurollardan ko‘pi bilan 90 tasi qoldi va London ularning uchdan bir qismini Rossiya maxsus harbiy operatsiya hududida utilizatsiya qilish uchun Ukrainaga topshirdi. Xullas, britaniyalik artilleriyachilar qolgan antiqa AS-90 o‘ziyurar qurollaridan 2032-yilgacha foydalanishni rejalashtirmoqda.
Rossiyadan tashqarida katta kalibrli artilleriyaning amfibiya qobiliyati yo‘qolgan. Xitoyning 105-mm kalibr to‘pli ZTD-05 kabi amfibiya piyoda jangovar mashinalari va tanklari alohida “oila” hisoblanadi. Shunday qilib, xorijiy suzuvchi o‘ziyurar qurollar ro‘yxatida faqat ikkita nom mavjud va ikkalasi ham o‘tmishdan.
Ammo qo‘shinlar (artilleriya) tomonidan suv to‘siqlarini tezda kesib o‘tish eng murakkab zamonaviy muammodir.
Hatto bir yarim metrdan ortiq chuqurlikdagi o‘rtacha darolarni kesib o‘tish bilan bog‘liq jangovar harakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ular jiddiy to‘siq va dushman mudofaasining muhim chizig‘iga aylanadi. Ko‘priklar, pontonli o‘tish joylari va paromlar juda zaif, shuning uchun amfibiya zirhli texnika va artilleriya yaqin kelajakda jang maydonida va dengizda amfibiya operatsiyalarida juda dolzarb bo‘ladi.
Ma’lumki, Rossiya mudofaa sanoati mutaxassislari yangi jismoniy omillarga asoslangan qurollarni, ammo artilleriya – quruqlikda va suvda yuqori jangovar samaradorligini unutmagan holda muvaffaqiyatli ishlab chiqmoqdalar.
Maxsus harbiy operatsiya hududida artilleriya hujumlari dushmanning askar va harbiy texnikadagi yo‘qotishlarining 80 foizini ta’minlaydi.