TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishga mablag‘ yo‘naltiradi, deya xabar berdi Bandlik vazirligi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev OTBning Inson resurslarini rivojlantirish sektori rahbari Ayako Inagaki boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri OTBning Inson resurslarini rivojlantirish sektori rahbari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, kelgusida yangi tashabbuslarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib borildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri OTBning Inson resurslarini rivojlantirish sektori rahbari bilan uchrashdi.
“Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida tuzilgan 93 mln dollar miqdoridagi bitim ijrosini amalga oshirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu loyiha O‘zbekiston sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, yoshlar va ish bilan band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish orqali inklyuziv o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Mazkur loyiha qurilish, to‘qimachilik va tikuvlik sanoati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, agrobiznes va oziq-ovqat sanoati, texnika va uskunalarga xizmat ko‘rsatish kabi tarmoqlarda malakali ishchi kuchi sifatida inson resurslarini rivojlantiradi.