Dollar, yevro va rubl ko‘tarildi — 13-sentabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar 16,47 so‘mga qimmatlashdi va 12 180,00 so‘mni tashkil qildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 16,47 so‘mga qimmatlashdi va 12 180,00 so‘mni tashkil qildi. Yevro 5,49 so‘mga ko‘tarildi, 13 060,61 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 2,40 so‘mga qimmatlashib, 128,67 so‘mni tashkil qildi.