Toshkentda bir kunda qancha non chiqindiga tashlanmoqda

Toshkent shahrida bir kunda 2 ming 300 tonna chiqindi yig‘ib olinsa, shundan 3 tonnaga yaqini nondan iborat.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Toshkent shahrida bir kunda 3 tonna non chiqindiga tashlanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shahar "Maxsustrans" ishlab chiqarish boshqarmasi bosh inspektori Ismoil Sagdullayevning ma’lumot berishicha, ayni paytda poytaxtda eng ko‘p chiqindiga tashlanadigan mahsulot bu — non va oziq-ovqat mahsulotlaridir. Bu mahsulotlarni yildan yilga chiqindiga tashlash holatlari ortib bormoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida bir kunda 2 ming 300 tonna chiqindi yig‘ib olinsa, shundan 3 tonnaga yaqini nondan iborat.