TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Bugun, 12-sentabr kuni O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Rossiya Federatsiyasi transport vaziri o‘rinbosari Dmitriy Zverev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
© Ministerstvo transporta
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda transport va logistika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
© Ministerstvo transporta
Jumladan, xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalari sonini ko‘paytirish, ikki davlat shaharlari o‘rtasidagi reyslar chastotasini oshirish muhokama qilindi. Shuningdek, Toshkent - Janubiy-Saxalinsk yangi yo‘nalishini ochish, mamlakatlar o‘rtasida O‘zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Rossiya multimodal yo‘nalishida eksport-import yuk tashuvlarini tashkil etish hamda hamkorlikning boshqa masalalari ko‘rib chiqildi.
© Ministerstvo transporta