Putin xorijlik talabalarning Rossiya fuqaroligini olishini osonlashtirishga chaqirdi

Rossiya prezidenti fuqarolikni olish uchun zarur bo‘lgan stajga tahsil muddatini qo‘shish kerakligi masalasini ko‘rish chiqish darkorligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiya yuqori malakali mutaxassislarga, jumladan, xorijlik talabalar orasidan ega bo‘lishdan manfaatdor, biroq ular tomonidan fuqarolikni olish jarayonida qog‘ozbozlikka chek qo‘yish ustida o‘ylab ko‘rish kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumida ma’lum qildi.

“Bular (Rossiya oliygohlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar – tahr.) bizning iqtisodiyotimiz uchun lozim bo‘lgan kishilardir. Bu aniq. Ular ma’lum bir ilmga ega, boz ustida, Rossiyanikiga. Men bu jarayonlarni takomillashtirish ustida bosh qotirish, qog‘ozbozlikka barham berish kerakligiga qo‘shilaman”, - dedi Rossiya rahbari.

Putin fuqarolikni olish uchun zarur bo‘lgan stajga tahsil muddatini qo‘shish kerakligi masalasini ko‘rish chiqish darkorligini ta’kidladi.
Rossiya yetakchisi Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tarzda olish masalasi mamlakat uchun nozik masala ekanini qayd etdi. Bunda bu odamlarning Rossiyadagi hayotga moslashishi, mamlakat madaniyati va milliy urf-odatlarini hurmat qilishini inobatga olmoq zarur.
Shu bilan birga, u Rossiya oliygohlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar “boshqa kontingent” ekanini ta’kidladi.
“Bu kishilar maxsus o‘rta, yoki oliy ma’lumotlilar. Bunda bizda ular tomonidan fuqarolikni olishni soddalashtirishga oid muayan qarorlar qabul qilingan. O‘zimiz ham Rossiyada ishlashi mumkin bo‘lgan va istaydigan bunday mutaxassislarga ega bo‘lishdan manfaatdormiz. Boz ustiga, ular bizda tahsil olishgan, ular tilni bilishadi, bizning muhitga qo‘shilishgan. Qayerda yashayotganlarini va u bilan bog‘liq narsalarni tushunishadi. Bu ularning Rossiyadagi hayotga moslashishlarini osonlantiradi”, - dedi Putin.