O‘zbekistonlik bokschilar Dog‘istondagi xalqaro turnirga jo‘nab ketdi

Bellashuvlar 17-sentabrga qadar davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Bugun, 12-sentabr kuni, Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston respublikasi Kaspiysk shahrida "M.Umaxanov xotirasiga bag‘ishlangan XXII an’anaviy turnir" start oladi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishadi, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Turnirda ishtirok etadigan O‘zbekiston vakillari quyidagi tarkibda Kaspiyskka yo‘l olishdi:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Farozbek Do‘smatov
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev
-57 kg: Madiyar Doniyorov
-60 kg: Mirkomil Saytoxunov
-67 kg: Murodbek Bahriddinov
-67 kg: Lazizbek To‘lqinov
-71 kg: Azizbek Bo‘riboyev
-71 kg: Bekzod Hamidov
-75 kg: Nurislom Ismoilov
-80 kg: Rahmatillo Boymatov
-92 kg: Diyorbek O‘ralov
+92 kg: Abdurahim Jo‘rayev.
Murabbiylar: Ruslan Telimbayev, Shahzod Xidirov, Botirjon Mahmudov. Ruslan Ametov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.
Bellashuvlar 17-sentabrga qadar davom etadi.
“Axmat Qodirov xotira turniri”da O‘zbekiston bokschilari munosib ishtirok etdi