O‘zbekiston delegatsiyasi “Xitoy–Markaziy Osiyo” forumida ishtirok etdi

Delegatsiya a’zolari Xitoyning Fuszan provinsiyasi Samen shahrida tashkil etilgan "Xitoy-Markaziy Osiyo" forumida ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda tashrif bilan bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Delegatsiya a’zolari Xitoyning Fuszan provinsiyasi Samen shahrida tashkil etilgan "Xitoy-Markaziy Osiyo" forumida ishtirok etdi.
Forum ishtirokchilari O‘zbekistonning "Xitoy–Markaziy Osiyo" formati doirasidagi Xitoy bilan hamkorligining asosiy va ustuvor yo‘nalishlari, O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ximoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, qambag‘allikka qarshi kurashish sohasidagi keng qamrovli islohotlarning natijalari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva "Ayollar va barqaror rivojlanish" sessiyasida ishtirok etdi.
Delegatsiya a’zolari tashrif davomida Xitoy xalq siyosiy maslahat Kengashi raisi o‘rinbosari, Butunxitoy ayollar federatsiyasi rahbari Shen Yueyue va Fuszan provinsiyasi partiya kotibi Chjou Szuyi bilan uchrashdilar.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Samen shahridagi kam ta’minlangan oilalarga g‘amxo‘rlik qilish va Szinan jamoat xizmati markazlariga tashrif buyurib, u yerdagi kambag‘allikni qisqartirish va ayollarni ish bilan ta’minlash borasidagi tajribalari bilan yaqindan tanishdi.