TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik Muhammadqodir Toshtemirov Saudiya Arabistonida o‘tayotgan jahon chempionatida yana bir ikki medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpimya qo‘mitasi xabar berdi.
Kecha og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistonida o‘tayotgan jahon chempionatida ilk medalini qo‘lga kiritdi.
-81 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarish mashqida 164 kg natija bilan oltin medalni naqd qildi.
Sportchi ikki kurash hisobida 352 kg bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.
U dast ko‘tarishda 164 kg bilan oltin medalga ega chiqqan edi. Siltab ko‘tarishdagi 188 kg unga mazkur yo‘nalishda medal taqdim qilmagan bo‘lsa ham, yakunda uchinchi o‘rinni egallashiga katta zamin yaratdi.