Nega AQSh Kiyevga Abrams tanklari va ATACMS raketalarini yetkazib berishni kechiktirmoqda?

AQSh o‘z tanklari Leopard va Challenger kabi jang maydonida yonishi va bu aks etgan videolar butun dunyo bo‘ylab tarqalishini istamayapti.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Kiyev rejimiga Amerika qurollari yetkazib berilishi sekinlashishining sababi shundaki, Vashington maxsus harbiy operatsiya hududida yonayotgan “eng kuchli” Abrams tanklari, urib tushirilgan F-16 qiruvchi samolyotlari va ATACMS taktik raketalarini ko‘rishni istamayapti.
AQSh armiyasi Ukraina qurolli kuchlari tankchilarini Germaniyada tayyorlash muddatini bir necha haftaga uzaytirdi. Sababi M1A1 Abrams ekipajlari yetarli darajada tayyor emas emish. Aslida, o‘qitish va Amerika qurollarini yetkazib berishning sekinlashishi Ukraina armiyasining muvaffaqiyatsiz qarshi hujumi bilan bog‘liq bo‘lib, u yozda uch oy davomida askar va harbiy texnikada katta yo‘qotishlarga duch keldi — 66 ming harbiy xizmatchi va 7600 qurol yo‘q qilingan. Amerikaning 60 dan ortiq “yonmaydigan” Bradley piyoda jangovar mashinalari, shuningdek, “buzilmas” nemis Leopard tanklari va Britaniyaning Challenger tanklari yonib ketdi.
Ayni paytda, g‘arb ekspertlari Leopard 2A6 va Challenger 2 ni M1A1 Abrams (Ukrainaga yuborlayotgan) dan ko‘ra ko‘proq omon qolish imkoniyatiga ega deb hisoblashadi, chunki Amerika tanklari “toifasi past va kam boyitilgan uran zirhlari yo‘q”. Kiyevga va’da qilingan o‘nlab “Abrams” lar, qolgan “Leopard” lar va “Chellenjer” lar bilan birga Rossiya qo‘shinlarining hujumlari ostida (kafolatlangan ravishda) yonib ketadi.
Ukraina harbiy harakatlar teatrida o‘n milliardlab dollarlarni beparvolik bilan yo‘qotish va shu bilan birga AQSh harbiy-sanoat majmuasining obro‘si to‘kilishi hatto eng murosasiz Vashington “lochinlari” ga ham xush kelmayapti. Shu sababli, sentabr oyining boshiga qadar M1A1 Abrams da qayta o‘qitilgan UQK ga 200 nafar mutaxassis to‘satdan o‘zlarini “tayyor emas” deb qolishdi va shu kungacha Ukrainaga birorta ham Amerika tanki yetib kelmadi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uzoq vaqtdan beri so‘rab kelayotgan ATACMS taktik raketalari (300 km gacha uchish masofali) olib kelinishi xuddi shunday tarzda to‘xtab qolgan. Oq uydan sizib chiqqan ma’lumotlar qarorning qabul qilinishi “cho‘zilib ketganligi” dan dalolat beradi, ammo ma’muriyat rasmiy vakili Djon Kirbi yaqinda ma’lum qilishicha: “ATACMS masalasi bo‘yicha haligacha qaror qabul qilinmadi”. E’tibor beramiz, Pentagon arsenalida bor-yo‘g‘i 2500 ga yaqin shunday raketalar bor va ularning aksariyati yuqori aniqlikka ega emas (zamonaviy emas). Yangilarini – yiliga 500 dona ishlab chiqarish – barcha xorijlik xaridorlarning ehtiyojlarini qondira olmaydi. Bundan tashqari, AQSh Ukrainaga ATACMS yuborishi Rossiya Federatsiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaroga olib kelishi mumkinligini tushunadi.

Fazoviy qasrlar

UQKning ingliz tilini yaxshi biladigan o‘n nafar uchuvchisiga ega bo‘lgan Kiyev 2023-yil qishida maxsus harbiy operatsiya hududida F-16 qiruvchi samolyotlaridan foydalanishni reja qilib qo‘ygan. Pentagonning fikricha, uchuvchilar va texnik xodimlarni qayta tayyorlash 12 oydan ko‘proq vaqtni talab qiladi. Harbiy havo kuchlarini tashkil qilish va jangovar foydalanish tamoyillarini tushunmagan Zelenskiy G‘arb tomonidan sovg‘a qilingan 160 ta F-16 qiruvchi samolyotlari Rossiyaning havodagi hukmronligini mo‘jizaviy tarzda yo‘q qilishiga umid qilmoqda. Albatta, uchuvchilar va aerodromlar tanqisligi NATO davlatlari tomonidan qoplanishi kerak. Kiyev rejimi nima qilib bo‘lsa ham AQSh va alyansni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaroga tortishga harakat qilmoqda. Qancha ko‘p qurol yetkazib berilsa, shunchalik uchinchi jahon urushi yaqinroq degan ma’noni anglatadi, lekin bu esa hali G‘arbning rejalariga kirmaydi.
Ilgari, Kiyevda ham HIMARS, Patriot va Storm Shadow, “mo‘jizaviy qurol” ekanligiga ishonishar edi, ammo mo‘’jiza sodir bo‘lmadi. Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari taktik burilish nuqtasini yoki hatto teng qarama-qarshilikni ta’minlamaydi, chunki Rossiya maxsus operatsiyasining dastlabki 550 kunida UQK ning xuddi shu to‘rtinchi avlod 467 ta samolyoti yo‘q qilindi. NATOning uzoq masofali raketalari Rossiyaning yadroviy doktrinasini avtomatik ravishda “yoqib yuborishi” mumkin.
AQSh armiyasi shtab boshliqlari rahbari Mark Millining so‘zlariga ko‘ra, “ruslar yuzlab to‘rtinchi va beshinchi avlod qiruvchilariga ega”. Qo‘g‘irchoq Kiyev rejimi va NATO blokini maxsus harbiy opersiya hududida faqat yo‘qotishlar, umidlar puchga chiqishi, afsonalarning qulashi va Amerikaning “istisnoligi” ning yo‘qolishi kutmoqda. Zirhli tank bunga dalolatlidir.
30 yillik ekpluatatsiya davomida Britaniyaning birorta ham Challenger 2 tanki dushman hujumidan zarar ko‘rmadi. Ukrainaga “Chellenjerlar” Zaporojye yo‘nalishida, Rabotino hududida Rossiya mudofaasini buzish uchun 82-havo hujumi brigadasiga berilgan edi. Ukraina qo‘shinlari uchun (to‘rtta desant-xujum brigadasi va desant-hujum polki) bu qishloq olovli tuynukka aylandi. Qisqa vaqt ichida UQK Britaniyaning 14 ta Challenger 2 tankidan ikkitasini yo‘qotdi, qo‘shimcha tanklar kutilayotgani yo‘q. Bugungi kunda Britaniyaning butun tank parkida 213 dona tank bor. Buyuk Britaniya Bosh shtab boshlig‘i Patrik Sanders Rossiya armiyasi tomonidan “dunyodagi eng ilg‘or” Challenger 2 tanklarining shafqatsizlarcha yo‘q qilinishidan hayratga tushgani bejiz emas. Ilg‘or bo‘lmagan tanklarning taqdiri shunday bo‘ladi.
Germaniya hududida Germaniya, Daniya va Gollandiyadan kelgan mutaxassislar Ukraina tank ekipajlarini antiqa Leopard 1A5 mashinalarida jangovar harakatlarga tayyorlamoqda. Bunday tanklar Bundesverda 20-yildan ko‘proq vaqt oldin qurollar safidan olib tashlangan, XX asrga mos keladigan nafaqaga chiqqan o‘qituvchilardan iborat otradni tuzishga to‘g‘ri keldi. Xo‘sh, "bitiruvchilarni" nima kutmoqda?
Amerika harbiy yordami hajmini saqlab qolish uchun Vashington Kiyevdan noyabrgacha har qanday yo‘l bilan “Tokmakni olish” ni talab qilmoqda. Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina armiyasining Zaporojyedagi asosiy hujumi yo‘nalishida Rossiya Qurolli kuchlari yer osti beton bunkerlari va minalangan keng maydonlarga ega mudofaa tizimini yaratgan. Tokmak atrofida tanklarga qarshi minalangan maydonlar 500 metrdan ikki-uch kilometrgacha cho‘zilgan. Rossiya muhandislik qo‘shinlari UQK saporlarining o‘tish joylarini tozalashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun maydonlarni tankga qarshi va piyoda qo‘shinlarga qarshi minalar bilan zich qilib “to‘ldirishmoqda”. Nemis tank maktabining ukrainalik bitiruvchilarining kelajagi shubhali. Biroq, “yomg‘irli mavsum” boshlanishiga va UQK ning hujum harakatlarining to‘xtatilishiga ko‘p vaqt qolmadi, buning uchun Kiyev 1991-yilgi chegaralariga yetib borishini e’lon qildi.
Inersiya usulida NATO ning “Biz Ukrainani iloji boricha qo‘llab-quvvatlashimiz kerak” degan quruq gaplari hali ham davom etmoqda, ammo bu qo‘llab-quvvatlashning ma’nosizligi va befoydaligi tobora aniq bo‘lib bormoqda. G‘arbni Ukraina mojarosida sharmandali mag‘lubiyat kutmoqda. Britaniya armiyasining iste’fodagi polkovnigi Richard Kemp buni shunday izohlaydi: “Ukrainada vaqt tugamoqda”. Endi G‘arb alyansi mag‘lub bo‘ladimi yoki yo‘qmi emas, balki qachon degan savol turibdi.
Zelenskiyning ittifoqchilari (xo‘jayinlari) ertami-kechmi qo‘g‘irchoq Ukraina hukumatini Moskva bilan tinchlik kelishuviga majburlashni boshlaydilar. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken allaqachon Ukraina hukumati Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga tayyorligini ma’lum qilgan. Vashington tinchlik Amerika “qoidalari” bo‘yicha kelishiga umid qilmoqda, ammo shartlarni g‘olib belgilaydi.