Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 12-sentabrning asosiy voqealari

Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani davom ettirmoqda. O‘tgan kun davomida UQK 400dan ortiq askarini yo‘qotdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 12-sentabr hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi DXRning Avdeyevka, Mayorsk va Andreyevka aholi punktlarida UQK Bosh shtabining 110-mexanizatsiyalashgan brigadasi va 101chi xavfsizlik brigadasining beshta hujumni qaytardi. Kun davomida dushman 255 dan ortiq harbiylar (yarador va qurbon bo‘lgan), ikkita BMP, oltita mashinasini, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini yo‘qotdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRNing Staromayorskoe va Urojaynoe aholi punktlari hududlarida UQKning 128-hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalari joylashgan manzillarga o‘t ochdi. UQK yo‘qotishlari 140 nafar harbiy xizmatchi, uchta BTR va ikkita avtomashinani tashkil qildi.
DXRning Velikaya Novoselka aholi punkti hududida UQKning 37-dengiz piyodalari brigadasining o‘q-dorilar ombori havo hujumi natijasida yo‘q qilindi.
Zaporojye yo‘nalishida Rabotino va Verbovoe aholi punkti hududida Rossiya qo‘shinlari guruhi UQKning 47-mexanizatsiyalashgan va 71-qo‘riqchi brigadalarining uchta hujumini qaytardi. Dushmanning 35 tagacha askari, bir tanki, oltita BMPsi, shu jumladan AQShda ishlab chiqarilgan 3ta Bradley va uchta mashina yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, kun davomida artilleriyaga qarshi janglar davomida AQShda ishlab chiqarilgan M777 va M-119 gaubitsalari, ikkita D-30 to‘plari, Msta-B gaubitsalari, shuningdek, Ukrainaning "Nota" uchuvchisiz apparatlarga qarshi kurash stansiyasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlari guruhi LXRning Kuzmino qishlog‘idan janubda UQKning 12-maxsus kuchlari brigadasining hujum guruhining hujumini qaytardi. Kun davomida Ukrainaning 45 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta pikap va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatidagi Zagoruykovka, Novoyegorovka va Sinkovka aholi punktlari hududida UQKning 68-yegerlar (o‘rmonchilar) brigadasi, 14 va 32-mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berildi. Kun davomida 25 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta mashina, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi, Fransiyada ishlab chiqilgan TRF-1, D-20, gaubitsalari, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va shuningdek, Turkiyada ishlab chiqilgan T-122 "Sakarya" yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimining jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Sumi viloyati Novenkoe aholi punkti hududida 106-hududiy mudofaa brigadasi qo‘mondonlik-kuzatuv punkti, Chernigov viloyatining Gremachka posolkasi hududida esa A. Ukrainaning 118-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida o‘tgan 24 soat ichida 80 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi va beshta texnika yo‘q qilindi.
Artilleriyaga qarshi jang paytida AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, shuningdek, "Msta-B" va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning ikkita o‘q-dorilar ombori: 44-mexanizatsiyalashgan brigadasi va 114-hududiy mudofaa brigadasi omborlariga zarba berdi. Shuningdek dushmanning 143ta tumanda joylashgan shaxsiy tarkibi va ​​harbiy texnikasiga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida AQShda ishlab chiqilgan HIMARS va "Uragan" reaktiv tizimlarining to‘rtta raketani tutib oldi.
Bundan tashqari, Kodema, Lipovoe, Klenovoe, Nikolayevka va Ocheretovatoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 41 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Hammasi bo‘lib, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina 467ta samolyot, 248 ta vertolot, 6669 ta uchuvchisiz uchish apparati, 437 ta zenit-raketa tizimi, 11 793 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1150 ta ko‘p martalik jangovar texnika, 6346 ta dala artilleriya qurollari va minomotlar, shuningdek, 12927 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.