“Milliy valyutalarning raqamli shaklida to‘lovlarni yanada rivojlantirish — bu kelajakda juda istiqbolli yo‘nalishdir. Agar dunyoning yetakchi davlatlari yoki hech bo‘lmaganda BRIKS mamlakatlari o‘z milliy valyutalarining ma’lum qismini raqamli shaklda muomalaga chiqarishga rozi bo‘lsa, raqamli birjalarda bir necha brokerlar ushbu valyutalarni holatiga keltiradi va biz ulardan foydalanishimiz mumkin. O‘ylaymanki, kelajakda shunday bo‘ladi”, — dedi Sergey Glazyev.
Ma’lumot uchun, Rossiyada raqamli rublni sinovdan o‘tkazish 2023-yilning avgust oyidan boshlangan edi. Rossiya banki raqamli rubl bilan bog‘liq barcha texnik va tashkiliy ishlarni 2023-yilning oxiriga qadar yakunlashni rejalashtirgan.
Raqamli rubl quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
* Raqamli rubl - alohida valyuta emas, u milliy valyutaning uchinchi shakli.
* Raqamli rubldan faqat to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin.
* Raqamli rublda jismoniy shaxsda faqat bitta hisob raqami bo‘ladi.
* Raqamli rublda kredit olish, keshbek yoki foiz to‘lash bo‘lmaydi.
* Raqamli rubl, kriptovalyutadan farqli o‘laroq, faqat MB tomonidan chiqariladi va barcha operatsiyalar MB tomonidan nazorat qilinadi.
* Raqamli rubl kelajakda eng xavfsiz to‘lov vositasiga aylanadi.
* Rossiyada raqamli rublning keng ko‘lamli emissiyasi 2025-yildan boshlanishi kutilmoqda.