TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogining yo‘llanmasi uchun o‘tkazilayotgan saralash bosqichidagi so‘nggi tur uchrashuvini o‘tkazadi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
O‘zbekiston so‘nggi kuchli raqib Eronga qarshi maydonga tushadi. O‘yin “JAR” stadionida soat 19:00da bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin 3-tur hisoblanadi.
Bungacha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Afg‘oniston va Gonkongga qarshi maydonga tushdi va yirik hisoblarda g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 15-aprel – 3-may kunlari Qatarda U-23 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi.