Qozog‘istondagi turnirda O‘zbekiston bokschilari 13 ta medal qo‘lga kiritdi

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari 3 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahrida boks bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari 13 ta medal qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Xalqaro turnir Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan sport arbobi Amanbek Dosmailov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazildi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari 3 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bellashuvlarda qatnashgan barcha o‘zbekistonlik bokschilar medal bilan qaytadigan bo‘lishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi safida sovrindor bo‘lgan bokschilar:
Oltin:
-57 kg: Ilhomjon Ergashev;
-71 kg: Mirzakamron Yunusov;
-86 kg: Temurbek Abduvahobov.
Kumush:
-51 kg: Sobirjon Tastanov;
-60 kg: Mironshoh Norqosimov;
-67 kg: Muhammadazizbek Ismoilov;
-80 kg: Abbos Abdurahimov;
-75 kg: Jafarbek Shahbozov.
Bronza:
-48 kg: Shakarboy Jo‘rayev;
-51 kg: Muhammadg‘iyos Sobutxanov;
-57 kg: Nodirbek Allaberganov;
-75 kg: Shamsiddin Tursunov;
+92 kg: Asilbek Eshmurotov.