Qorabog‘da o‘tkazilgan prezident saylovini tan olmaymiz – O‘zbekiston TIV

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston do‘st Ozarbayjonning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston tan olinmagan Qorabog‘da o‘tkazilgan prezident saylovini tan olmaydi. Bu haqda mamlakat TIV rasmiy bayonot berdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston do‘st Ozarbayjonning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi, uning ichki ishlariga har qanday aralashuvni qoralaydi.
“O‘zbekiston 2023-yil 9-sentabr kuni Qorabog‘da o‘tkazilgan qo‘shtirnoq ichidagi prezident saylovlarini tan olmaydi”, - deyilgan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev avgust oxirida Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini doim qo‘llab-quvvatlab kelgani va bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan edi.