“Axmat Qodirov xotira turniri”da O‘zbekiston bokschilari munosib ishtirok etdi

O‘zbekiston vakillari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Checheniston respublikasi Grozniy shahrida kattalar o‘rtasida an’anaviy "Axmat Qodirov xotira turniri" o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.
Dunyoning 16 mamlakatidan bokschilar qatnashgan ushbu musobaqada O‘zbekiston vakillari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Terma jamoa safida quyidagi bokschilar sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-67 kg: Shohruxbek Kenjayev
Kumush:
-51 kg: Miralijon Mavlonov
-92 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
Bronza:
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-67 kg: Shavkatjon Boltayev.