O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi — episentr qayerda?

Zilzila episentri Toshkentdan 244 km janubiy-sharqda.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Bugun, 11-sentabr kuni, mahalliy vaqt bilan soat 06:54 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Episentr: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri. Zilzila koordinatalari: 40,23 gradus shimoliy kenglik; 71,77 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 244 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Farg‘ona viloyatida 4 ball, 17 km.
Andijon viloyatida 2-3 ball, 78 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 86 km.