Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyuradi

Kim Chen In 2019-yil aprelida Rossiyaga tashrif buyurgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“RF prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi davlat ishlari raisi Kim Chen In yaqin kunlarda rasmiy tashrif bilan RFga keladi”, - deyilgan xabarda.
Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligining yozishicha, Kim Chen In tashrif davomida Rossiya rahbari bilan uchrashadi va muzokaralar o‘tkazadi.
Kim Chen In 2019-yil aprelida Rossiyaga tashrif buyurgan edi. O‘shanda Vladivostokda Putin bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazgan edi. Bu davlat rahbarlarining birinchi uchrashuvi edi.